Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashuv
22:09 / 2021-08-28

Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov joriy yil Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga oʻqishga qabul qilingan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda talabalarning ta’lim olish jarayonlari, ularni yotoqxona bilan ta’minlash, stipendiya va boshqa masalalar koʻrib chiqildi. Bosh direktor yoshlarga boshlanayotgan yangi oʻquv yilida omad tilab,ularni  har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytib oʻtdi.  

Shuningdek, uchrashuvga tashrif buyurgan yoshlar va ularning ota-onalari ham berilayotgan imkoniyatlar uchun Kinematografiya agentligi mutasaddilariga minnatdorchilik bildirdi.

D. Mamatova,  OʻzA