Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Butunjahon yoshlar festivali"ga start berildi
14:49 / 2024-06-25

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida o‘tkaziladigan «Butunjahon yoshlar festivali» yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda qayd etilganidek, joriy yilning 26-30 iyun kunlari Samarqand shahridagi «Boqiy shahar» majmuasida 1,5 ming nafar yoshlar ishtirokida birinchi marotaba «Butunjahon yoshlar festivali» o‘tkaziladi.  

Festival doirasida 15 ta xalqaro tadbir o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga 150 davlatdan mingga yaqin xorijiy ishtirokchilar taklif etilgan.  

[gallery-17980]

27-28 iyun kunlari festival doirasida tadbirlar Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida alohida dasturlar asosida o‘tkaziladi.  

– «Butunjahon yoshlar festivali» davomida bir qator muhim tadbirlarni tashkillashtirish rejalashtirilmoqda, – dedi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova. – Jumladan, II O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar forumi davomida ishtirokchilar tomonidan ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida sifatli ta’lim, talabalar almashinuvi va innovatsiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha 2 ta sessiyada muhokamalar olib boriladi.  

Gulnoza Boboyeva, Nosir Haydarov(surat) O‘zA