Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Kim Yon Xi: saylov natijalari O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladi
10:31 / 2016-12-04

– Saylovning yukori demokratik talablar asosida o‘tishi uchun ochiqlik, oshkoralik, adolatlilik talab etiladi. O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayonida ana shu nuqtai nazardan kelib chikib, yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgan.

Buni saylovgacha bo‘lgan jarayonda kuzatgan bo‘lsak, bugun saylov uchastkalarida xalqaro standartlar darajasidagi shart-sharoitga guvoh bo‘lib turibmiz.

Aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bo‘lgan yoshi ulug‘ insonlar, yoshlar, yosh bolali ayollar, nogironlarga alohida e’tibor berilayotgani bizni mamnun etdi.

Ona va bola xonasida turli yoshdagi bolalar uchun sharoitlar yaratilgani, o‘yinchoqlar, kitoblar va boshqalar bilan ta’minlangani e’tiborga loyiq. Tibbiyot xonasida ham barcha shart-sharoit mavjud. Nogironlar ovoz berishi uchun alohida saylov kabinasi ularning ishini yengillashtirmoqda.

Ovoz berish qonun doirasida davom etmoqda va fuqarolar o‘z xohish-irodasini erkin bildirmoqda.

O‘zbekiston xalqi bugungi saylovda o‘zi munosib, deb bilan nomzodni tanlaydi. Saylov natijalari O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonamiz.