Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon o‘smirlar olimpiadasida yosh shaxmatchilarimiz qatnashmoqda
09:17 / 2023-08-14

Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 2023 yilgi taqvimidan o‘rin olgan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi Butunjahon yoshlar olimpiadasi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha, 13 avgust kuni mazkur olimpiadaning tantanali ochilish marosimi hamda birinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 47 mamlakatidan 63 ta jamoa ishtirok etayotgan nufuzli turnirda mamlakatimizning yosh shaxmatchilari ham o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Humoyun Bekmurodov, Bahrom Bahrillayev, Afro‘za Hamdamova va Asrorjon Omonovda iborat yosh shaxmatchilarimiz 1-turda Kanada-2 jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi. Hamyurtlarimiz okean orti shaxmatchilarini 4:0 hisobida dog‘da qoldirishga erishdi. 

Shuningdek, o‘tkazilgan 1-tur o‘yinlarida Avstraliya-1 – Qozog‘iston-1 — 1½-2½, Xitoy – Niderlandiya-4 — 3½-½, Gruziya — Turkiya — 2-2, Gollandiya-1 – Qozog‘iston-5 — 3-1, Qozog‘iston-4 — Vengriya — 1-3, Paragvay – Ozarbayjon — 0-4, Fransiya — Marokash — 3:1, Kanada-3 – Isroil — 0:4, Ruminiya — Janubiy Afrika-1 — 4:0 natijalari qayd etildi.

Bugun, 14 avgust kuni Olimpiada o‘yinlarining 2-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qora donalarda Bolgariya vakillari bilan kuch sinashadi.

Musobaqalar 9 turdan iborat bo‘lib, 18 avgustga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA