Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon merosi konvensiyasi Bosh assambleyasi sessiyasi
15:28 / 2025-11-11

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Butunjahon merosi konvensiyasining Bosh ansambleyasi 25-sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Unda YUNESKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazare Eloundou Assomo, tashkilotga a’zo davlatlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm masalalari departamenti direktori, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Gayane Umerova sessiya raisi etib saylandi.

Gayane Umerova sessiya kun tartibi va unda muhokama etiladigan masalalar haqida ma’lumot berib, Butunjahon merosi konvensiyasining Bosh ansambleyasi 25-sessiyasi ilk bor ikki bosqichda o‘tayotganini ta’kidladi. Ya’ni sessiya bugun, 11 noyabr Samarqandda o‘z ishini boshladi va uning yakuni ikki haftadan so‘ng, 24-25 noyabr kunlari Parijda, YUNESKO bosh shtab kvartirasida o‘tkaziladi.

Butunjahon merosi konvensiyasi YUNESKOning eng muhim xalqaro hujjatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi insoniyat uchun muhim bo‘lgan madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va avloddan-avlodga yetkazishdan iborat. Butunjahon merosi konvensiyasi Bosh assambleyasi Konvensiyaning ijrosini ta’minlovchi asosiy tuzilmalardan biri hisoblanadi. Uning sessiyalari YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyalari bilan bir vaqtda, ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

[gallery-26174]

Bosh Assambleya Butunjahon merosi tizimining siyosiy va tashkiliy asosini ta’minlaydi va u davlatlar o‘rtasida teng huquqli muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Konvensiya maqsadlariga erishishda shaffoflik va javobgarlikni ta’minlaydi. YUNESKO doirasida madaniy va tabiiy merosni himoya qilish bo‘yicha umumjahon siyosatini shakllantiradi.

Sessiyada YUNESKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazare Eloundou Assomo so‘zga chiqib, Konvensiya talablarini bajarish borasida dunyo davlatlarida olib borilayotgan ishlar va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtaldi.

G‘.Hasanov,A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari