English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon ijtimoiy himoya forumida milliy ijtimoiy tizimlarni rivojlantirish muhokama qilindi
12:05 / 2022-10-25

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori A.Haydarov boshchiligidagi delegatsiya Marokashda Butunjahon ijtimoiy himoya forumida ishtirok etmoqda.

Butunjahon ijtimoiy himoya forumi joriy yil 28 oktabrgacha davom etadi. Mazkur xalqaro forum 150 mamlakatdan 1000 dan ortiq ishtirokchilar uchun muammolar haqida fikr almashish, innovatsion yechimlardan foydalanish va ijtimoiy ta’minot kelajagi strategiyalarini belgilash imkoniyatini taqdim etadi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi (XITU) aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tashkilotdir. Shu bilan birga, boshqa xalqaro ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida ham faol ishtirok yetadi.  

Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi 1927 yilda butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy ta’minot institutlari forumi sifatida tashkil etilgan hamda 160 mamlakatdan 320 ga yaqin milliy ijtimoiy ta’minot institutlarini birlashtiradi. Mazkur uyushma ijtimoiy sohada qator xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar bilan hamkorlik qiladi.  

Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi Bosh Assambleyasi aslida ijtimoiy sohadagi eng yirik xalqaro tashkilot hisoblanadi. Unda an’anaviy tarzda globallashuv va axborotlashtirish jarayonlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida tijoratlashuv jarayonlari bilan bog‘liq dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda milliy ijtimoiy tizimlarni rivojlantirishning eng dolzarb muammolari va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA