Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon antidoping agentligi mutaxassislari mamlakatimizda
10:09 / 2023-09-14

Toshkent shahrida Mintaqaviy antidoping agentligining (RADOCA) navbatdagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Mazkur yig‘ilishda Mintaqaviy antidoping agentligiga a’zo mamlakatlar o‘zlari tomonidan dopingga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglanmoqda va oldindagi yangi rejalar bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqilayotir.  

Yig‘ilishda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha bosh menejeri Yeva Lukociute-Stanikuniyene hamda WADA mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi, Qozog‘iston, Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan xodimlarga trening mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.  

Shuningdek, tadbirlar doirasida mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ushbu sohadagi mutasaddi rahbarlar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazilmoqda.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA muxbiri