Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butun olamni jo qilgan yurak
12:34 / 2023-02-03

O‘zbek xalqining aziz farzandi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda poytaxtimizdagi Oqsaroy qarorgohiga hamyurtlarimiz tashrif buyurib, u kishining xotirasini chuqur hurmat ila yodga olmoqdalar. Shu munosabati bilan, bir guruh yoshlar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu yodgorlik majmuasiga tashrif chog‘ida hududda tashkil etilgan “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli ko‘rgazmada ishtirok etdik. Ko‘rgazmada Birinchi Prezidentimizning hayot yo‘llari aks etgan suratlar, videoroliklar, u insonga turli davlatlar rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar muzeyidan joy olgan.  

Tasviriy asarlar va Haykallarini ko‘rar ekanmiz Mustaqillik nafasi ufurib turgan bu makon yashnashida Birinchi Prezidentimizning jilmayib turgan chehralari, buyuk ishlari hamda shu aziz insonning xizmatlari beqiyos ekanligini aytish joiz.  

 Ushbu suratlarga razm solarkanmiz, beixtiyor  Birinchi Prezidentimizning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish va uni mustahkamlash yo‘lida olib borgan jasoratli hamda serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyati aks ettirilganini his qilib, shonli yo‘ldagi qiyinchiliklar evaziga kelgan mustaqillik – bugungi zafarli onlar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. 

Shuni ishonch bilan ayta olamizki qo‘lga kiritilgan mustaqillik o‘z taraqqiyoti va takomilini yangi davr – Yangi O‘zbekiston sharoitida butun dunyoga tarannum etmoqda. Bu zalvorli vazifa bugungi kunda ishonchli qo‘llarda deya bemalol ayta olamiz.  

 

Shirin MAHMUDOVA,  

yoshlar faoli.

O‘zA