Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butun dunyo bo‘yicha qochoqlar soni rekord darajaga yetdi
13:57 / 2019-06-19

BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissariyati "Global tendensiyalar" bo‘yicha 2018 yilgi hisobotini e’lon qildi.


BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissariyati "Global tendensiyalar" bo‘yicha 2018 yilgi hisobotini e’lon qildi.

Unda keltirilishicha, 2018 yilda dunyo bo‘yicha qochoqlar umumiy soni 70,8 million kishiga yetib, rekord darajani qayd etgan. Ma’lumotda qayd etilishicha, mazkur raqamlar dunyoda inson huquqlari buzilishi va turli mintaqalarda davom etayotgan urushlar hisobiga ortgan.

Jumladan, BMT hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunda jahonda qochoqlar soni 25,9 million, o‘z mamlakatida doimiy qo‘nim topolmaganlar esa 41,3 million va boshqa davlatlardan boshpana so‘rab murojaat qilganlar 3,5 million kishini tashkil qiladi. Ularning uchdan ikki qismi Suriya, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va Somali fuqarolaridir. Qochoqlarni qabul qilgan davlatlar sifatida Turkiya, Pokiston, Uganda, Sudan va Germaniya qayd etilgan.