Burkina-Fasoda qonli hujum: 50 askar halok bo‘ldi
Burkina-Faso shimolidagi armiya bazasiga jangarilar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 50 ga yaqin askar halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Associated Press” nashri mahalliy aholi vakillariga tayanib.
Agentlik manbalariga ko‘ra, hujumda 100 ga yaqin jangari ishtirok etgan, ular bazani talon-taroj qilgan va yoqib yuborgan.
Saxel mintaqasida joylashgan Burkina-Faso 2015 yildan beri davom etayotgan radikal guruhlarning olg‘a siljishini to‘xtatish uchun kurashib keladi.

S.Rahimov, O‘zA