Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Burkina-Fasoda avtomobil yo‘lida bomba portlashi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
11:03 / 2022-09-06

Burkina-Fasoning shimolida ta’minot karvoni ketayotgan yo‘lda qo‘lbola bomba portlagan, natijada 35 kishi halok bo‘lgan va 37 kishi jarohat olgan, deyiladi, Frans Press agentligi tarqatgan xabarda.

"Tinch aholi vakillari ketayotgan avtomobillarning biri yo‘lda qo‘lbola yo‘l bilan yasalgan portlovchi qurilma ustidan yurib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 kishi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan va 37 kishi yaralangan. Ularning hammasi tinch aholi vakillari edi, deyiladi xabarda.

Fojia mamlakat shimolidagi jangarilar nazoratida bo‘lgan Jibo va Burzanga shaharlari orasida sodir bo‘lgani aytilmoqda.  

Ta’minot karvoni armiya nazorati ostida poytaxtdan chiqayotgan bo‘lgan.