Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Burkina-Fasoda askar bolalar ommaviy qotillikni amalga oshirmoqda
19:20 / 2021-06-24

BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) mahalliy hukumat manbaalariga tayanib ma’lum qilishicha, Burkina-Fasoda yuzdan ortiq kishi 12-14 yoshdagi askar bolalar tomonidan o‘ldirilgan.

Bundan avvalroq Burkina-Fasoning shimolidagi qishloqlarning biriga qurollangan kishilar hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, qurolli bosqinchilik natijasida taxminan 170 kishi halok bo‘lgan. O‘shanda mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan edi.

YUNISEFning ta’kidlashicha, ushbu hujum davomida 130 kishi hayotdan ko‘z yumgan, ularning orasida bolalar ham bo‘lgan.

"Hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, qurolli guruh asosan 12-14 yoshdagi o‘smirlardan tashkil topgan", – deyiladi tashkilot bergan bayonotda.

BMTning Bolalar jamg‘armasi qurolli guruhlar bolalarni yollayotganini keskin qoralab, bunday harakatni "asosiy huquqlarning jiddiy buzilishi", deb atadi.

YUNISEF tarqatgan ma’lumotda keltirilishicha, ayni paytda mamlakatda 1,2 milliondan ziyod kishi o‘z uylarini tark etib boshqa xavfsizroq hududlarga ko‘chib ketgan. Ularning 61 foiz bolalar ekani aytilmoqda.