Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Burgerxona nomi o‘zgartirildi (+video)
16:48 / 2025-04-18

Videoluqma

Amir Temur nomi millatimizning shon-shavkati ramzi. Xalqimizning ulug‘ jahongir bobomizga hurmatining ifodasi sifatida poytaxtimizda, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temurga haykal o‘rnatilgan. 9 aprelda mamlakatimizda Sohibqiron bobomiz tavalludining 689 yilligi keng nishonlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining markazida, Chingiz Aytmatov ko‘chasida "TIMURLAN BURGER" nomli yemakxona faoliyat ko‘rsatayotgani haqidagi xabarlar bizni ham ajablantirdi.  

Oddiy bir burgerxonaning buyuk davlat arbobi Amir Temur nomi bilan atalishiga ayrim xo‘randa-yu tarixchilar e’tiroz bildirishgan.  

Tadbirkorlik sub’ektini nomlashdagi mas’uliyatsizlik bizni ham ranjitdi.

Burgerxona egasi balki “TIMURLAN” nomidagi haqoratomuz ma’noni anglamagandir. Ammo bu tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatga olganlarning ko‘zi, xayoli qayoqda edi?

Sportchi Ramazon Temirovga tegishli bo‘lgan ushbu yemakxona nomi  o‘zgartirilgani haqida xabar oldik va burgerxona tomon oshiqdik.

Xullas, gapimizning davomini bilmoqchi bo‘lsangiz, videoni ko‘ring.  

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/8OuYB86UzJE" title="Burgerxona nomi oʻzgartirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, D. Yoqubov (video), U.To‘xtayev (montaj)

O‘zA