English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Burchmulla yoshlari” jamoasi viloyatda tengsiz
19:28 / 2019-12-13

Nurafshon shahrida “Mahalla – mening taqdirimda“ koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.


Nurafshon shahrida “Mahalla – mening taqdirimda“ koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat kengashi tomonidan “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!“ shiori ostida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, vazifa va vakolatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar yuksak samara berayotgani taʼkidlandi.

Tanlovning quyi bosqichlarida yuqori natija qayd etgan 22 jamoa viloyat bosqichida mahalla hayoti, milliy qadriyatlar, “Mahalla – taʼlim muassasasi – oila“ hamkorligi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarda mahalla tizimining oʻrni mavzuidagi insho kabi mavzularga oid 4 shart boʻyicha oʻzaro bahslashdi.

photo5447320074378652813.jpg

Musobaqa gʻolibligini Boʻstonliq tumanining “Burchmulla yoshlari“ jamoasi qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻringa Parkent tumanining “Qoʻshshukur yulduzlari” jamoasi sazovor boʻlgan boʻlsa, uchinchi oʻrin Piskent tumanining “Taraqqiyot” jamoasiga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlar maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.