French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunzl Distribution O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
03:04 / 2025-11-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi doirasida AQSHning mamlakatimiz bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishdan manfaatdor yetakchi korporatsiyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

“Bunzl Distribution North America” kompaniyasining biznes va mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Maykl Ayzenberg davlatimiz rahbarining tashabbuslari ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi:

– O‘zbekiston yetakchisi bilan bir necha bor uchrashish sharafiga muyassar bo‘ldim. Biz, tadbirkorlar yurtingizda xorij biznesi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan juda ruhlandik. Bu haqiqatan yuz berayotgan jarayonlarga nisbatan progressiv qarash. Prezidentni okeanning bu tomonida ko‘rish yoqimli – biz uchun uzoqqa borish shart bo‘lmadi. Eng muhimi, birgalikda ishlanayotgan loyihalar juda qiziqarli. Umid qilamizki, yaqin kelajakda har ikki tomon foyda ko‘ra boshlaydi.

O‘zbekiston ochiq siyosat va iqtisodiy rivojlanishga nisbatan zamonaviy yondashuv namunasini ko‘rsatmoqda. Hozir respublikada amalga oshirilayotgan ilg‘or amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun o‘rnak bo‘la oladi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida shakllanayotgan ochiqlik, konstruktiv muloqot va do‘stona aloqalar davlatlar bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerakligining ajoyib namunasidir.

O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarda ishtirok etish ilg‘or g‘oyalarni almashish, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochgan muhim tajriba bo‘ldi.

Abduaziz Xidirov, O‘zA