Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda
15:38 / 2026-02-19

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Naupir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olingan holda, bir nechta ko‘p qavatli uy qurilishi amalga oshirilmoqda.  

Hududda “Max elit stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 135 ta xonadonli 3 ta ko‘p qavatli turar joy binosi hamda “Fayz magnat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 150 xonadonli ko‘p qavatli turar joyning qurilish ishlari  bajarilmoqda.  

[gallery-27743]

“Fayz magnat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi Botirboy Seydabullayevning ta’kidlashicha, har bir ob’ekt bo‘yicha alohida texnik nazorat xodimlari jarayonga biriktirilgan bo‘lib, loyiha-smeta hujjatlari asosida ishning sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borilayotir.  

 Hozirda ob’ektga 90 nafar quruvchi-xodim, shuningdek, turli rusumdagi 10 ta texnika jalb etilgan. G‘isht terish, suvoq, elektromontaj, derazalarni o‘rnatish kabi ishlarning sifatli bajarilishi nazoratda.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA