Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda
17:10 / 2025-07-23

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Elobod mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish, infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mahallaning Madaniyat ko‘chasidagi umumiy uzunligi 1,1 kilometr, Farovon hayot ko‘chasi va Gulzor ko‘chasining har biri 0,6 kilometrdan 1,2 kilometr masofadagi ichki yo‘llari zamonaviy texnologiyalar asosida asfaltlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, "Bog‘" mahalla fuqarolar yig‘inining Yoshlik ko‘chasida 3,5 kilometr masofadagi ichki yo‘llarni ham asfaltlash ishlari rejalashtirilgan. Hozirda mazkur hududda yer ishlari to‘liq bajarilib, yo‘l qurilishiga tayyorgarlik bosqichiga kirildi.

Mazkur jarayon bilan bir qatorda, mahalla aholisi tomonidan jamoaviy hashar yo‘li bilan lotoklar (yomg‘ir suvini oqizish quvurlari) o‘rnatilmoqda hamda xonadonlarning fasad qismlarini ta’mirlash ishlari ham tashkil etilgan.

[gallery-24432]

Ushbu ishlar doirasida yo‘l poydevorini tekislash, qum-shag‘al yotqizish, drenaj tizimini tartibga solish va yakunda asfalt qoplamasi yotqizish kabi jarayonlar olib boriladi. 

Tumaning "Shishaki" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Xushmanzara ko‘chasida ham uzunligi 1,2 kilometr bo‘lgan ichki yo‘llarni asfaltlash rejalashtirilgan.

Mazkur hududlarda avvalroq ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan bo‘lib, hozirda tarmoqning texnik holatini sinovdan o‘tkazish va asfaltlash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

Shuningdek, Yangi Namangan shaharchasida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Xususan, loyiha doirasida zamonaviy infratuzilmalar, ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari va yo‘l-transport tizimlari bosqichma-bosqich barpo etilmoqda. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA