French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyodkorlik ishlari avjida
08:43 / 2025-11-04

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda Orolbo‘yida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida yangi zamonaviy inshootlar hamda ijtimoiy ob’ektlar foydalanishga topshirilmoqda. 

Kegeyli tumanidagi 25-umumta’lim maktabi 96 o‘ringa mo‘ljallangan kichik binoda joylashgan edi. Joriy yilda ushbu ta’lim maskanida rekonstruksiya ishlarini olib borish uchun davlat tomonidan 4 milliard 400 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Ochiq tender savdolari asosida ushbu ob’ektning pudratchisi sifatida “Talapshan Qurilishi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tanlandi. Qisqa vaqt mobaynida quruvchilar tomonidan 120 o‘rinli qo‘shimcha yangi bino, 96 o‘rinli oshxona hamda 12x24 metr maydondagi sport zal qurib bitkazildi.

[gallery-26061]

Hozirda binoda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, 2-bosqich bo‘yicha muhandislik tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA