Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyodkorlik ishlari avjida
16:40 / 2025-06-14

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 18 sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Buni “Diyqan arna” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan zamonaviy qishloq vrachlik punkti misolida ham ko‘rish mumkin.

Loyiha uchun 3 milliard 40 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib,  qurilish ishlari “Shóraxonqurilishmontaj” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

[gallery-23908]

Hozirda bunyodkorlar inshootning ichki ichki qismini bo‘yash, pardozlash, atrofni obodonlashtirish kabi ishlar bilan band.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, 4 ming 300 nafardan ziyod aholi istiqomat qiluvchi mahallada bundan avval shifokorlik punkti yo‘qligi bois, fuqarolar 10-12 kilometr masofa uzoqlikdagi tibbiyot markaziga borishga majbur edi.

Ta’kidlash kerak, loyiha asosida tumanda 8 ta manzilda ijtimoiy ob’ektlar qurilishi belgilangan.

O‘zA fotomuxbiri

Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar