Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyodkorlar g‘ayrati
18:01 / 2025-07-10

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati keyingi yillarda zamonaviy qiyofa kasb etib, hududlarda ko‘rkam turar-joylar, muhtasham ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport majmualari, madaniy-maishiy binolar, dam olish maskanlari qad rostlamoqda. Bog‘-rog‘lar, xiyobonlar barpo etilib, yo‘llar jahon andozalari darajasiga keltirilmoqda. 

[gallery-24258]

Bunyodkorlik ishlarida xususiy pudrat korxonalarining ham o‘z o‘rni bor. Ulardan biri - “Prom Art Stoun” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari ham ayni kunda Qo‘shtepa tumani 17-umumta’lim maktabida futbol stadioni, basketbol va sport maydonlari bunyod etayotir. 

Shuningdek, korxona quruvchilari Quvasoy shahridagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 20-umumta’lim maktabida ham sport zali qurish ishlarini olib bormoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA