French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bunyodkor” va “Sho‘rtan” chorak finalga yo‘l oldi
09:20 / 2025-06-19

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichida “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor”, “Sho‘rtan” – “Aral” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” bahsida 1:1 hisobi qayd etildi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda “Bunyodkor” 5:4 hisobida zafar quchdi. “Sho‘rtan” esa 4:1 hisobida “Aral” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.  

Shu tariqa, “Bunyodkor” va “Sho‘rtan” mamlakat kubogining chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Darvoqe, bundan avval “Dinamo” 1/4 finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.  

O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichi 24-25 iyun kunlari davom ettiriladi. Unda “Neftchi” – “Mash’al”,  “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” va “Buxoro” – OKMK klublari chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA