Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bunyodkor” va “Paxtakor” yarim finalda
12:32 / 2015-07-30

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi chorak finalining javob uchrashuvlarida g‘alaba qozongan Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari yarim finalga yo‘llanma oldi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi chorak finalining javob uchrashuvlarida g‘alaba qozongan Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari yarim finalga yo‘llanma oldi.

“Bunyodkor” va Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahsda poytaxtliklar 2:1 hisobida zafar quchgan edi. “Jar” stadionida o‘tgan javob uchrashuvida ham “Bunyodkor” jamoasi a’zolari ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Ammo, o‘yinning birinchi bo‘limida har ikki jamoa darvozalari daxlsizligi saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda Sergey Lushan shogirdlari tashabbusni qo‘lga oldi. 73-daqiqada Dostonbek Hamdamov hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada Vohid Shodiyev tomonidan kiritilgan gol “Bunyodkor” jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

“Paxtakor” va “Sementchi” (Quvasoy) jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham poytaxtlik charm to‘p ustalari raqiblaridan 2:0 hisobida ustun keldi. “Paxtakor” jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarga K.Maxaradze va I.Sergeyev mualliflik qildi. Bu ikki jamoa o‘rtasidagi chorak finalning dastlabki uchrashuvida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

“Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari O‘zbekiston kubogining yarim finalida o‘zaro bahslashadi.