Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bunyodkor” stadionidagi ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi
17:13 / 2022-10-03

Ma’lumki, kelgusi yili mamlakatimizda futbol bo‘yicha U-20 bo‘yicha Osiyo kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur qit’a chempionati o‘yinlarining ochilish marosimi hamda final bahslari poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida tashkil etilishi belgilangan.

Xo‘sh, mazkur o‘yingohning bugungi holati xalqaro talablarga javob beradimi? Xalqaro va mahalliy uchrashuvlarni talab darajasida o‘tkazish uchun “Bunyodkor” stadionida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ishchi guruhi ushbu o‘yingohda olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya jarayonlari bilan tanishdi.

O‘FA raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov yetakchiligidagi ishchi guruh a’zolari maydon maysasi butunlay yangilanayotgan “Bunyodkor” stadioni loyihasining texnik-tashkiliy holatini ko‘zdan kechirdi.

Majmuani xalqaro talablar asosida sifatli ta’mirlash, chimlarni saqlash va parvarishlash, maydonga mos chim urug‘larini tanlash va kerakli qurilmalarni tashkil etish yuzasidan mutaxassislarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, kelgusida o‘tadigan mahalliy va xalqaro musobaqalar oldi maydonni shay holatga keltirish hamda stadion infratuzilmasidan o‘rin oladigan keyingi rejalar muhokama qilindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA