Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bunyodkor” safarda “Navbahor”ni taslim etdi
08:08 / 2025-10-19

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 25-turi doirasida “Navbahor” – “Bunyodkor”, “Dinamo” – “Buxoro” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

Namangandagi “Markaziy” stadionida o‘tkazilgan “Navbahor” va “Bunyodkor” klublari bahsida poytaxt klubi 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdagi har ikki golga Imeda Ashortia mualliflik qildi. Darvoqe, mezbonlar vakili Ruslabnek Jiyanov 27-daqiqada penaltini golga aylantira olmadi. Samarqanda o‘tgan “Dinamo” – “Buxoro” uchrashuvi 4:1 hisobida yakunlandi.  

Bugun, 19 oktyabr kuni Superliganing 25-turida “Paxtakor” –  “Qizilqum”, “Neftchi” – OKMK jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.  Shu o‘rinda, “Jar” stadionida soat 16:00 da start oladigan “Paxtakor” va “Qizilqum” jamoalari bahsi oldidan, ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, milliy chempionat doirasida jamoalar 51 uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarning 42 tasida “Paxtakor” zafar quchgan bo‘lsa, 7 bor durang o‘ynagan va 2 marta imkoniyatni boy bergan. To‘plar nisbati esa 140/32  poytaxt klubi foydasiga. “Sherlar” raqiblarini 8 bor yirik natija bilan taslim qilgan. Ular orasida eng yirigi 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvda sodir bo‘lgan – 11:0.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA