Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bunyodkor” g‘alaba qozondi
20:21 / 2015-10-21

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasining yigirma oltinchi tur markaziy uchrashuvi Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasining yigirma oltinchi tur markaziy uchrashuvi Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Jamoalar oliy ligada o‘n yetti marta o‘zaro kuch sinashgan. Beshta o‘yinda “Bunyodkor”, to‘rttasida “Paxtakor” g‘alaba qozongan. Sakkiz uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

Navbatdagi o‘yin ham murosasiz tarzda o‘tdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limni hujumkor ruhda boshlagan “Bunyodkor” futbolchilari 49-daqiqada Akmal Shorahmedovning uzoqdan yo‘llagan aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi. 75-daqiqada “qaldirg‘ochlar” qarshi hujumdan unumli foydalandi – 2:0. Gol muallifi – Doston Hamdamov.

“Lokomotiv” o‘z maydonida “Buxoro” (Buxoro) jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Marat Bikmayev kiritdi. Muborakning “Mash’al” jamoasi Samarqandning “Dinamo” klubidan 2:1 hisobida ustun keldi. Mezbonlar tarkibida Jamshid Hasanov va Mirzohid G‘ofurov raqib darvozasiga bittadan to‘p yo‘llagan bo‘lsa, mehmonlar vakili Avaz Agaliyev javob to‘piga mualliflik qildi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi mehmoni bo‘lgan Qarshining “Nasaf” jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. 26-daqiqada Artur Gevorkyan hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada “So‘g‘diyona” vakili Sobir Hamidov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Ilhom Shomurodov jizzaxliklar darvozasiga to‘p kiritdi va jamoasining muhim g‘alabasini ta’minladi.

“Metallurg” va “Olmaliq” (Olmaliq) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv maydon egalarining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qolgan uchrashuvlar natijalari quyidagicha: “Navbahor” (Namangan) – “Qo‘qon – 1912” (Qo‘qon) 2:1, “Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Qizilqum” (Navoiy) 1:3, “Neftchi” (Farg‘ona) – “Andijon” (Andijon) 0:1.