Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Bunyodkor» futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda 14 jamoa bellashmoqda
21:44 / 2022-08-10

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «Bunyodkor» futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda an’anaviy «Charm to‘p» futbol musobaqasining Respublika bosqichi start oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning Respublika bosqichida mamlakatimizning barcha hududidan 14 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashmoqda.

[gallery-8252]

Bugun bo‘lib o‘tgan 1-tur doirasida 12 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuvlarda Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahri vakillari raqiblari ustidan g‘alaba qozondi. Qashqadaryo va Buxoro jamoalarining kuchi teng kelib 2:2 hisobi qayd etildi. Guruh uchrashuvlari ertaga ham davom etadi. Guruh bosqichida eng ko‘p ochko to‘rlagan jamoa 13 avgust kuni yarim finalda o‘zaro raqobatlashadi. So‘ngra 15 avgust kuni musobaqaning final o‘yini va uchinchi o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tadi.

Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA