FOTOREPORTAJ
2018 yilda xorijdan qariyb 4 million AQSH dollari hisobiga yiliga 800 tonna ip-kalava ishlab chiqarish imkonini beradigan yangi texnologiyalarni olib kelib o‘rnatish bilan faoliyatini kengaytirgan Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan yili yana 4 ta yirik loyihani amalga oshirdi. Ushbu loyihalar tolani chuqur qayta ishlashning barcha bosqichlarini o‘zida qamrab oladi.
[gallery-11543]
Ulardan biri, qiymati 319 milliard so‘mni tashkil etuvchi ip-kalava tayyorlash loyihasi ro‘yobga chiqarilgach, korxonada yana qo‘shimcha 200 ta ish o‘rni yaratildi.
Klaster shaklida ish yuritayotgan ushbu korxonada paxta chigiti ham shu yerning o‘zida qayta ishlanmoqda. Buning uchun o‘tgan yili qiymati 36 milliard so‘mga teng loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, u yiliga 300 tonna paxta yog‘i ishlab chiqarish imkonini beradi. Ayni tarmoqda esa 125 nafar kishi bandligi ta’minlangan.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA