Poytaxtimizda joylashgan “Bunyodkor” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida yil yakunlari bo‘yicha rahbariyat hamda U-21, U-19, 1-liga va akademiya jamoalari murabbiylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda jamoalarning mavsum davomidagi natijalari tahlil qilindi va ko‘rsatkichlar umumiy hisobda ijobiy baholandi. Hususan, qayd etilgan natijalarga ko‘ra yil davomida o‘tgan chempionatlarda “Bunyodkor” U-21jamoasi — 2, U-19 va 1-ligadagi jamoalari o‘z hududida 3-o‘rinni egalladi.

Akademiya tarkibidagi yoshlar jamoalarining natijalari quyidagicha:
“Bunyodkor-2008” — Toshkent shahar Yoshlar ligasi: 1-o‘rin; “Kapitalbank kubogi”: 2-o‘rin;
“Bunyodkor-2009” — Toshkent shahar Premer ligasi: 4-o‘rin; O‘FA birinchiligi: 4-o‘rin;
“Bunyodkor-2010” — Toshkent shahar Premer ligasi: 1-o‘rin; O‘FA birinchiligi: 3-o‘rin;
“Bunyodkor-2011” — Toshkent shahar Premer ligasi: 1-o‘rin; O‘FA birinchiligi: 1-o‘rin; Turan Cup (Turkiy davlatlarning yetakchi akademiyalari o‘rtasida): 1-o‘rin; “Quanchao Cup-2025” xalqaro turniri: 3-o‘rin;
“Bunyodkor-2012” — Toshkent shahar Premer ligasi: 1-o‘rin; O‘FA birinchiligi: 3-o‘rin;
“Bunyodkor-2013” — Toshkent shahar Premer ligasi: 1-o‘rin.
Yig‘ilishda mavsum davomida kuzatilgan muammolar va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, tegishli mutaxassislarga zarur vazifalar yuklandi. Shuningdek, akademiyaning 2026 yil uchun taklif va rejalari taqdimoti o‘tkazilib, yangi mavsumda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha rahbariyat tomonidan aniq vazifalar va maqsadlar belgilab berildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA