Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyod polvon Osiyo chempionatida tengsiz
09:10 / 2025-06-26

Vetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida ayollar kurashi va erkin kurash bo‘yicha bahslar tashkil etildi.

Jumladan, ayollar kurashida Muxlisa Masharipova (-43 kg) va Dilrabo Dulliyeva (-73 kg) kabi sportchilarimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, kurashchi qizlarimiz mazkur chempionatni 1 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronza medali bilan yakunladi.  

Erkin kurash bo‘yicha vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvi finalida hamyurtimiz Bunyod Rufatov qirg‘izistonlik Ruslan  Asanovni mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Shohiddin Aliyev (-65 kg) va Farruxbek Jumanazarov (-71 kg) terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA