Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bundestag Turkiyani SHHT bilan yaqinlashgani uchun jazolashga chaqirdi
15:15 / 2022-09-19

Bundestagdagi «Soyuz-90» – «yashillar» fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Yurgen Trittin Anqaraning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lish istagini hisobga olgan holda Turkiyaga iqtisodiy bosim o‘tkazish choralarini muhokama qilishga chaqirdi.

“NATO va Yevropa Ittifoqi qachongacha Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning qiliqlariga tomoshabin bo‘lib turadi”, dedi deputat “Die Welt” gazetasiga bergan intervyusida.

“Turkiya NATOning Liviyaga qurol embargosini qo‘llashiga to‘sqinlik qilmoqda. Gretsiyaning iqtisodiy hududida qazish ishlarini boshlab yubordi.

NATO a’zosi Turkiya Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishda Xitoydan ham ko‘ra ko‘proq harakat qilmoqda. Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatmoqda. Hozir esa Eron bilan birga SHHTga a’zo bo‘lishni istaydi”.

Parlamentariyning so‘zlariga ko‘ra, “Turkiyaga nisbatan qattiqroq siyosat yuritish” vaqti keldi. “Hech kim NATOdan chetda qolishi mumkin bo‘lmasligini e’tiborga olib, Turkiyaga iqtisodiy bosim choralar haqida o‘ylashimiz kerak”, dedi Trittin.

17 sentyabr kuni Erdog‘an Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitidan so‘ng Anqaraning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish istagini ma’lum qilgan edi.