Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bundan buyon viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
14:45 / 2025-11-10

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.

Shunda xalq bilan muloqot paydo bo‘ladi, odamlarimiz bundan rozi bo‘ladi, tibbiyot tizimiga xolis bahoni o‘zi beradi.

–Shu o‘rinda viloyat, tuman tibbiyot rahbarlari va bosh shifokorlar, poliklinika mudirlariga murojaat qilmoqchiman. Ular o‘ziga savol bersin: bemor shifoxona va poliklinikaga kelganda qancha vaqt sarflayapti, olgan xizmatidan qanchalik ko‘ngli to‘lyapti?

Mazkur rahbarlar o‘zini bemorning o‘rniga qo‘yib, eshikdan boshlab, vrach qabuliga kirish uchun xonama-xona yursa, rentgen, laboratoriya, UZI, EKG uchun boshqa-boshqa qavatga chiqib-tushsa, shunda odamlarning holatini tushunib, bu savolga javob topadi.

Shu bois, har bir viloyat, tuman tibbiyot rahbari, bosh shifokor va poliklinika mudiri bemorga e’tiborli bo‘lib, dardiga shifo izlab kelgan har bir odamning ishi tez bitishi uchun barcha sharoitlarni yaratishi shart,– dedi Prezident.

O‘zA