«Buncha shirinsan, hayot!» kitobining taqdimotidan fotoreportaj
FOTOREPORTAJ
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, jurnalist Muqaddas Abdusamatovaning «Buncha shirinsan, hayot» deb nomlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida so‘z olgan adabiyotshunoslar, shoir va yozuvchilar, ustozlar muallif haqida iliq fikrlar bayon etib, kitobdagi qahramonlar, ilm yo‘lida zahmat chekib izlanayotgan insonlar hayoti haqida mulohaza yuritdilar.
Uchrashuv davomida ocherk, maqola, hikoyalar va she’rlardan iborat bo‘lgan bu to‘plam keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanganligi e’tirof etildi.
[gallery-10723]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA