French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bulung‘urliklarga bayram tuhfasi
12:00 / 2025-08-31

Bulung‘ur tumanida temir yo‘l kesishmasidagi tunnel foydalanishga topshirildi.

Umumiy uzunligi 862 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich 2024-2025-yillarda bunyod etildi. Inshootning estakada qismi uzunligi 33 metr, balandligi 5,5 metr va kengligi 40 metrni tashkil etadi.

Yo‘l o‘tkazgich bo‘ylab 46 ta quyosh panelli yoritish chirog‘i o‘rnatilib, 800 metrdan ortiq masofada piyodalar yo‘lagi qurildi.  

Tunnelning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, viloyat va tuman faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

-- Umumiy qiymati 80 milliard so‘m bo‘lgan mazkur inshoot bugundan boshlab xalqimizga topshirilmoqda,-- dedi tadbirda so‘zga chiqqan A. Boboyev.

 Oldinlari bir kunda o‘rtacha 48 marta poyezd qatnovi natijasida piyodalar, avtotransport vositalari harakati umumiy hisobda 7-8 soatga to‘xtab qolar edi. Bu albatta, transport vositalari orqali aholi qatnovi, tez tibbiy yordam va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda muammolarni keltirib chiqargan. Ushbu zamonaviy tunnelning qurilishi Bulung‘ur xalqiga munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi.

[gallery-25079]

Inshoot qurilishiga 80 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  

Tadbirda qurilish ishlarida faollik ko‘rsatgan quruvchilarga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari