Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bulung‘urda 611 nafar fuqaroning pensiyasi qayta hisob-kitob qilindi
13:37 / 2022-12-14

Shu yilning 19 sentyabrida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirildi.

– Shu paytgacha pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining o‘n barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisobga olinib pensiya tayinlab kelingan edi, – deydi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Bulung‘ur tumani bo‘limi boshlig‘i J.Abraqulov. – Ya’ni pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘m hisobidan uning 10 barobari 3 million 240 ming so‘mni tashkil qilgan va pensiya shu hisobdan tayinlangan bo‘lsa, endilikda ushbu chegara 3 million 888 ming so‘mni tashkil qiladi. Bulung‘ur tuman Pensiya jamg‘armasi hisobida bugungi kunda 20517 nafar pensiya, nafaqa oluvchilar mavjud. 2023 yil 1 yanvardan 611 nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi va ularga oshirilgan pensiyalari yanvar oyida to‘lab beriladi. Viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham qonunchilikdagi o‘zgartirishga ko‘ra, pensiyalar qayta hisob-kitob qilinib, 2023 yil yanvardan yangi miqdorda to‘lash bo‘yicha qaydnomalar tayyorlanmoqda.  

 

G‘.HASANOV,  

O‘zA