O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Bulung‘ur, So‘x va Toshkent shahri davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Bulung‘ur, So‘x va Toshkent shahrida davlat muassasasi shaklida davlat o‘rmon xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Qaror bilan Bulung‘ur, So‘x va Toshkent shahri davlat o‘rmon xo‘jaliklariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Samarqand, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahri xokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
a) ushbu qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish;
b) Bulung‘ur, So‘x va Toshkent shahri davlat o‘rmon xo‘jaliklariga belgilangan tartibda:
ushbu qarorda nazarda tutilgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berish;
O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligining so‘roviga asosan tegishlicha Bulung‘ur, So‘x tumanlari va Toshkent shag‘ri hududida joylashgan umumiy foydalanishdagi yashil hududlar, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan va tashkil etiladigan “yashil bog‘lar” hududlari ularda sug‘orish tizimini yaratish, saqlash, parvarishlash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish hamda boshqarish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlab borish vazifasi yuklatilgan.
O‘zA