Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buloqboshiliklar marrani zabt etdi
14:58 / 2021-10-21

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 102 ta fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yilda 2 ming 629 gektar yer maydoniga paxtaning “Andijon-35” navi ekilgan edi. Belgilangan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilganligi, dehqonlarning samarali mehnatlari evaziga paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi.

“Xo’jaobod Fayz-M” mas’uliyati cheklangan jamiyati  paxta to‘qimachilik klaster korxonasi bilan 102 ta fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 9 ming 504 tonna paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, belgilangan rejani bajarish uchun yil davomida samarali mehnat qilindi.  

Yig‘im-terim ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun terim otryadi shakllantirildi. bugungi kunga qadar tuman paxtakorlari tomonidan davlat omborlariga 9 ming 519 tonnadan ziyod paxta topshirildi. Tuman viloyatda birinchi bo‘lib belgilangan shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. Hosildorlik o‘rtacha 38 sentnerni tashkil etdi.  

Dalalarda hosil mo‘l, buloqboshilik paxtakorlar paxtaning bir misqolini ham qoldirmay terib olib, hosildorlikni 40 sentnerga yetkazishni rejalashtirgan.

 

F. UBAYDULLAEV, O‘zA