Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buloqboshi tumanida madaniyat markazi ish boshladi
13:39 / 2022-10-02

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida to‘la rekonstruksiya qilingan madaniyat markazi foydalanishga topshirildi.

Keng jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar  ishtirokida markaz ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan Buloqboshi tumani hokimi O‘tkirbek Ma’murov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Marhaboxon Sattorova va boshqalar tomonidan mamlakatimizda madaniyat sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli hududlarda zamonaviy, barcha qulayliklarga ega madaniyat ob’ektlari barpo etilib, xalqimizga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.4

Prezidentimizning 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida tuman madaniyat markazi rekonstruksiyasi uchun 4 milliard 387 million so‘m byudjet mablag‘i sarflandi.

Markazda ma’muriyat, kiyinish, to‘garaklar o‘tkazishga mo‘ljallangan alohida xonalar, tomosha zali mavjud. Bundan tashqari, mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda tomoshabinlar uchun zarur qulayliklar yaratilgan.

Shuningdek, tadbirda tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xolisxon Jalolovaga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbirda tuman madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

 

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA