Xalq banki homiyligida Buxoro shahri katta sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. An’anaviy “Bukhara Night Race” musobaqasi bu gal minglab sport ishqibozlari va sog‘lom turmush tarzini tanlagan yurtdoshlarimizni birlashtirdi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar 5 km, 10 km va 21,1 km masofalarda bellashishishdi. Bu sport tadbiri nafaqat jismoniy salohiyat sinovi, balki tarix, madaniyat va zamonaviylik uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Sport musobaqasida bosh hamkori sifatida Xalq banki va bank tizimidagi “Xazna” jamoasi, shuningdek, bank yoshlari faol ishtirok etdi. Korporativ jamoalar o‘rtasidagi musobaqada esa Xalq banki jamoasi o‘zining jismoniy tayyorgarligi, iroda kuchi va jamoaviy ruhini namoyon qilib, umumiy hisobda faxrli 2-o‘rinni egalladi. Bu natija tizim xodimlarining nafaqat kasbiy, balki sport sohasida ham yetuk ekanini ko‘rsatib berdi.

Xalq banki moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan birga, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish, sport tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash va jamoaviylik ruhini kuchaytirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda. Bank rahbariyati va jamoasi sport tadbirlaridagi doimiy ishtirokini sog‘lom kelajak sari qo‘shilayotgan hissa sifatida baholaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Bukhara Night Race” musobaqasi tarixiy muhit va sport ruhining o‘zaro uyg‘unlashganiga yorqin misol bo‘ldi. Bu yirik sport bayramida faol ishtirok etgan Xalq banki esa nafaqat hamkor, balki sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi sifatida yana bir bor o‘zini ko‘rsata oldi.
Dildora DO‘SMATOVA