Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bukhara City” – yirik va yaxlit smart shahar sifatida namoyon bo‘ladi
13:14 / 2021-02-22

Buxoro viloyatidagi “Bukhara City” zamonaviy turar joy va ishbilarmonlik majmuasining umumiy hududi 83 gektarni tashkil etadi.

Bu yerda yana bir lotda keng ko‘lamli qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 


Umumiy loyihaning 70-lotidan o‘rin olgan, "Firuz & Nora" MCHJga tegishli qariyb 38 sotix yer maydonida bir-biriga yondosh 7 va 4 qavatdan iborat binolar poydevorlari qo‘yildi. Shu yil oxiriga qadar qurib foydalanishga topshiriladigan muhtasham inshootlar savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ma’muriy ish yuritish idoralari uchun ixtisoslashtiriladi. Bu inshootlar loyihasi 40 milliard so‘mga moliyalashtirilgan. Ayni kunda bu yerda o‘ttizdan ortiq quruvchi mehnat qilmoqda. 
“Bukhara City” konsepsiyasiga muvofiq, bu yerdagi jami loyihalar qiymati dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, 550 million AQSH dollarini tashkil etmoqda. 

Unda 24,9 gektarda 38 ta lotdan iborat turar joy (birinchi va ikkinchi qavatlarida tijorat ob’ektlari) binosi quriladi. 6,6 gektardan iborat 12 ta lotda zamonaviy mehmonxonalar, 3 gektar maydonda bank va ofis binolari, 1,7 gektardan iborat 5 ta lotda xalq ta’limi muassasalari, 5,3 gektarda sport kompleksi, tibbiyot klinikasi va boshqa turdagi ijtimoiy ob’ektlar (muzey, ilmiy markaz, kutubxona, yoshlar markazi) o‘rin olishi belgilangan. 


“Bukhara City” hududida keng qamrovli qurilish-bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. U yaqin 5 yillikda viloyatning qurilishi va iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega yirik, yaxlit panorama – smart shahar sifatida namoyon bo‘ladi.


Zarif Komilov, O‘zA

 

[12:44:

Forwarded message: