French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bukhara City” da birinchi inshoot ish boshladi
12:05 / 2023-01-27

“Bukhara City” majmuasida 4 yulduzli mehmonxona foydalanishga topshirildi.

– “Big Large” MCHJ tomonidan bunyod etilgan mehmonxonamizning loyiha qiymati 85 milliard so‘mni tashkil etadi,  – deydi jamiyat rahbari, tadbirkor Feruz Ergashev. –Uning 50 milliard so‘mi o‘z mablag‘imizdan, 35 milliard so‘mi esa bank krediti hisoblanadi. Mehmonxonamiz 105 xonadan iborat bo‘lib, 200 o‘ringa mo‘ljallangan. 51 ta yangi ish o‘rni yaratildi. E’tiborlisi, ishchi-xodimlarning aksariyat qismi turizm texnikumi bitiruvchilari sanaladi.  

[gallery-10390]

“Turon City Plaza” nomi berilgan mehmonxonada imkoniyati cheklangan mehmonlar uchun alohida sharoiti mavjud xonalar va infratizim yaratilgan. Shuningdek, nozik didli xorijlik va mahalliy sayyohlarning barcha xohish va istaklari inobatga olinib, ularga turli sayohatlar uyushtirish uchun mikroavtobus, avtoturargohlar tashkil etilgan. Musiqiy favvora, restoran, zamonaviy SPA-markazi, fitnes klub, ochiq va yopiq suv havzalari, “fitobar” har bir mehmonning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.  

 

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA