French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugunning ayollari qanchalik erkin? (+video)
09:57 / 2026-02-20

So‘nggi yillarda “Ayollar daftari”, kasbga o‘qitish va imtiyozli kreditlar orqali minglab xotin-qizlar band qilinmoqda. Biroq ayrim hududlarda ish o‘rinlarining barqaror emasligi va bozor talabiga mos kasblar tanlanmasligi samaradorlikni pasaytiradi. Mahalla tavsiyanoma, maslahat va hujjatlashtirishda ko‘mak beradi, kredit olishga yo‘naltiradi.

Ayrim joylarda kooperatsiya va uy mehnati asosida kichik biznes modellari shakllanmoqda. Shaharda imkoniyatlar va axborotga kirish keng, ammo raqobat yuqori. Qishloqda esa an’anaviy qarashlar ta’siri kuchli, biroq qo‘shnichilik va jamoaviylik omili faollikni oshirishi mumkin.

Grant dasturlari, liderlik treninglari, “mahalla maslahat kengashi”da ayollar kvotasini kengaytirish, jamoatchilik nazoratida faol ishtirokini rag‘batlantirish samarali bo‘lishi mumkin. Bu jarayon bolalar tarbiyasi va oilaviy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Konsullik yordami va mehnat shartnomalari orqali himoya mexanizmi mavjud, ammo norasmiy migratsiya holatlarida huquqiy himoya zaiflashadi. Ayolning daromad manbaiga ega bo‘lishi oila iqtisodini mustahkamlaydi, ijtimoiy maqomini oshiradi va qaror qabul qilishda faolligini kuchaytiradi. Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, bozorga yo‘naltirilgan kasblar, ayollar kooperatsiyasi, ijtimoiy tadbirkorlik va huquqiy savodxonlikni oshirish ustuvor bo‘lishi kerak.

Mazkur mavzu yuzasidan Yunusobod tumani Oila va xotin qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Gavhar Qarshiyeva bilan "Birga bir" suhbatlashdik.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pKCUVrGJbaI" title="Bugunning ayollari qanchalik erkin?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov (video), O‘zA