Bugungidan-da baxtli hayot uchun ovoz berdim
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 64-umumta’lim maktabi binosida joylashgan 839-saylov uchastkasi erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib nomzodga ovoz berish istagida kelgan saylovchilar bilan guvjum.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 64-umumta’lim maktabi binosida joylashgan 839-saylov uchastkasi erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib nomzodga ovoz berish istagida kelgan saylovchilar bilan guvjum.Saylov uchastkasida 2 ming 18 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 50 nafari saylovda birinchi marta ovoz beradi. Ovoz berishni milliy odatimizga ko‘ra oqsoqollar boshladi.
–Ertalabdan bolalarim, nabiralarim hamrohligida saylov uchastkasiga kelar ekanman, o‘zimni xonadonida katta tantana bo‘layotgan odamday xushchaqchaq, bardam his qildim, – deydi 78 yoshli mehnat faxriysi Orifjon bobo Yo‘ldoshev. – Qarang, bu gal taklifnoma ham boshqacha, jozibali. Mana shu dalilning o‘zi Prezident sayloviga qanday katta tayyorgarlik ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi. Mazkur saylovning mamlakatimiz kelajagi, ertangi kunimizning qanday bo‘lishini belgilashda muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon ekanini tasavvur qilishning o‘zi kishiga katta mas’uliyat yuklaydi. Vatan ravnaqi, farzandlarimizning bugungidan-da farovon yashashi uchun munosib nomzodga ovoz berayotganimda qanchalar hayajonga tushganimni tasavvur ham qila olmaysiz.