Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungi mehnat hosil barakasini belgilaydi
16:22 / 2015-08-04

Avgust – g‘o‘za parvarishida hal qiluvchi oy. Hosilga hosil qo‘shiladigan ayni kunlarda barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazish, jumladan, ekinni “sharbat” usulida sug‘orish, qator oralariga ishlov berish, ayrim paykallarda g‘o‘zaning o‘suv va yon shoxlarida chekanka o‘tkazish muhim vazifa hisoblanadi.

Avgust – g‘o‘za parvarishida hal qiluvchi oy. Hosilga hosil qo‘shiladigan ayni kunlarda barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazish, jumladan, ekinni “sharbat” usulida sug‘orish, qator oralariga ishlov berish, ayrim paykallarda g‘o‘zaning o‘suv va yon shoxlarida chekanka o‘tkazish muhim vazifa hisoblanadi. Bu oyda qilingan mehnat g‘o‘za hosildorligining 3-5 sentner oshishiga, tolaning uzun va pishiq bo‘lishiga zamin yaratadi.

91 ming 200 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlayotgan Samarqand viloyati fermerlari ham buni chuqur his qilgan holda mas’uliyatli oyning har bir kunidan unumli foydalanib, zarur yumushlarni amalga oshirmoqda.

– Bugungi kunda tasarrufimizdagi 34,5 gektar maydonda g‘o‘za baravj o‘smoqda, – deydi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Dil Alisher AUSh” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Alisher Mavlonov. – Asosiy e’tibor barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishga qaratilmoqda. G‘o‘zani sug‘orishda uni cho‘llatishga ham, ko‘llatishga ham yo‘l qo‘ymaslik zarur. Buni suvchilarimiz juda yaxshi biladi. Shuning uchun ular, avvalo, o‘qariqlarni to‘g‘ri olishdi. Chunki ariqlar oralig‘i 50-60 metr bo‘lsa, suv jo‘yaklarga tez va sifatli taraladi.Shunda o‘g‘it to‘la-to‘kis g‘o‘za ildiziga yetib boradi. Qolaversa, suvdan samarali foydalaniladi, suvchining g‘o‘za qator oralarini nazorat qilishi osonlashadi. Sug‘orishning “sharbat” usuli esa mo‘l hosil garovidir. Bunda ko‘klamdan boshlab hozirgi kunga qadar har gektar yer uchun besh tonnadan mahalliy o‘g‘it jamg‘arib qo‘yganimiz, sug‘orishni tunda amalga oshirayotganimiz qo‘l kelmoqda. Natijada kuniga 10 gektar maydondagi ekinning vaqtida suvga qonib, bir tekis rivojlanishiga erishyapmiz.

Shu bilan birga, mexanizatorimiz kultivatsiyani obi-tobida amalga oshirmoqda. Bu ishlov kechiktirib o‘tkazilsa, jo‘yaklar qurib, yuzasi yoriladi, g‘o‘za ildizi shikastlanadi, namlik tez yo‘qotiladi, gul va tugunchalar to‘kilib, hosildorlik 15-20 foizgacha kamayishi mumkin. Shu bois biz hozirgacha kultivatorlar yordamida ekinga sakkiz marta ishlov berdik. Ayni kunlarda har tup g‘o‘zada 10-12 tadan to‘q ko‘sak, ko‘plab hosil nishonalari bor.

Fermer xo‘jaliklarining dala shiyponlarida suvchi va mexanizatorlar, ishchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bu shijoatli mehnat mahsuli paxta yig‘im-terimida yaqqol namoyon bo‘ladi.