Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
bugungi kunda kadrlar ochiq tanlov orqali ishga qabul qilinmoqda
12:22 / 2021-12-21

bugungi kunda 60 ta vazirlik va idora, 207 tuman, shahar hokimliklari tizimida kadrlar ochiq tanlov orqali ishga qabul qilinmoqda. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov "Toshkent yoshlar forumi — 2021" doirasida yosh davlat xizmatchilari bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

— Bir paytlar ushbu platforma 5 ta vakant lavozim bilan ish boshlagan, – dedi Otabek Hasanov. – O‘tgan qisqa vaqt davomida barcha jarayonlar takomillashtirilib borildi. Ochiq tanlov yuzasidan murojaatlar boti ishga tushdi. Tanlov jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlarda onlayn uzatish imkoniyati yaratildi. 

Qator vazirlik, idoralar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. To‘g‘ri, bu bir tomondan davlat xizmatiga ishga kirishni qiyinlashtirdi. Sababi, endi raqobatchilar bor. Bilim, tajriba, ko‘nikma ochiq maydonda sinaladi. Bu esa bugungi kunda davlat xizmatini sifatli kadrlar bilan to‘ldirishda muhim mezon bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash o‘rinliki, bugun bir kunda o‘rtacha 140 ta tanlov e’lon qilinib, 1 ming 350 nafar nomzod vakant lavozimlar uchun hujjat topshirmoqda. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA