Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungi gazetalarni varaqlaganda...
11:49 / 2021-12-21

bugungi gazetalarni varaqlab, mutolaa qila turib, mamlakat bo‘ylab amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar ko‘lamini aniq tasavvur qilgandek bo‘lasiz.

«Yangi O‘zbekiston» gazetasi kunning muhim masalalarini kengroq yoritgani bilan e’tiborni tortadi. Davlat rahbarining «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlarini kuchaytirish, baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish tafsilotlari bilan tanishasiz. Shuningdek, «Yuksak mas’uliyat va ijro intizomi – ish samaradorligining muhim omili»,«2022 yil – «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili», O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan «Ikki eshik orasidagi salmoqli umr» sahifalari va bugungi kun nafasi ufurib turgan bir qancha xabar, maqolalarni ham maroq bilan o‘qiysiz.

«Xalq so‘zi«da ham bir qator muhim va dolzarb maqolalar berilgan. Davlat rahbarining 20 dekabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida baliqchilik sohasini rivojlantirish va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishi tafsilotlari gazetxon e’tiborini tortadi. Shuningdek, gazeta orqali Prezidentning «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan ham tanishish mumkin. «Xalq so‘zi» sahifalaridan o‘rin olgan yana bir qator maqolalar ham o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi.

“Ishonch”odatdagidek – rang-barang materiallarga boy. «Maoshlar oshgan, ammo tovon pulichi?», «Illatning ildizi qayerda?» kabi maqolalarda berilgan savollar aniq javob talab qiladi. «Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?» nomli kichik ma’lumotda esa ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob bor. Gazetaning salmoqli qismini egallab turgan «Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar» sahifasida «Mening Prezidentim» ijodiy ishlar tanlovining hududiy bosqichi bellashuvlari haqida so‘z yuritiladi. Yesimxon Qanoatovning Qoraqalpog‘istondan tayyorlagan «Ko‘hna qal’alar qabristonga aylanmasin!» maqolasini ham ichki bir og‘riq bilan mutolaa qilasiz.

«Inson va qonun»ning birinchi sahifasidan o‘rin olgan «Yangi yilda ham siz bilan birgamiz!» sahifasi e’tiborni tortadi. Unda turli soha vakillarining gazeta bilan hamkorligi va bu kabi o‘zaro yaqinlik yangi yilda ham davom etajagi haqidakim, bu o‘quvchini befarq qoldirmaslik bilan birga gazeta jamoasiga ham qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. «Qonunchilikda ayollarga qanday imtiyozlar bor?» sahifasi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, ommaviy axborot vositalari menga yoqadi. Nimaga? Ular ham zamon bilan birga, O‘zbekiston bilan birga o‘zgarmoqda. 

Ular ham zamonga munosib bo‘lib, adolat nuqtai nazaridan maqolalar chiqarayapti...» fikrlari asosida tayyorlangan «Bugunning gapi» sahifasini o‘quvchi qiziqib o‘qiydi. «Kelajagimiz taqdiri nima bo‘ladi?»,«Kim haq?», «Yangi yil qayerda qanday kutib olinadi?» kabi maqolalar va atoqli adib Shukur Xolmirzayevning yarim asrlar burun yozgan «Qorbobo keladi» nomli hikoyasini ham maroq bilan o‘qiysiz.

bugungi gazetalarni mutolaa qiling. Unda o‘tayotgan kunimizning ovozini, istiqlol va islohotlar nafasini his etasiz. 

A.Narzulloyev, O‘zA