Xotira va qadrlash. Ushbu tushunchalar zamirida insonga, uning hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga cheksiz ehtirom tuyg‘usi mujassam.
Shu bois o‘tganlar xotirasini e’zozlash, nuroniy otaxon-u onaxonlar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish yurtimizda ezgu an’anaga aylandi.
Har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelinmoqda.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ushbu sana munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Faxriy mehmonlar o‘z chiqishlarida tarixiy xotirani asrab-avaylash, uni yosh avlodga yetkazish muhimligi, ajdodlarimizning jasorati har doim mardlik, matonat va Vatanga muhabbat namunasi bo‘lib qolishini ta’kidladi.
– Bugungi osoyishta va tinch hayotimizning yaratilishida millionlab bobokalonlarimizning fidokorona mehnati, jasorati mujassam, – deydi birinchi bosqich talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ruxshonabonu Abdurazzoqova. – Bunday farovon kunlarga osonlikcha erishilmagan. Shu sababli biz ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lish uchun yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida tinmay mehnat qilishimiz, izlanishimiz zarur.
<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/MFzB8VrUz-k" title="Bugungi farovon hayotimizda millionlab bobokalonlarimizning jasorati mujassam" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tadbir davomida tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, raqslar namoyish etildi.
N.Rahmonova, O‘zA