Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungacha necha nafar maktab o‘quvchisi sport sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tdi?
11:06 / 2026-03-05

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili yurtimiz mahallalarida, o‘quv dargohlarida, tashkilot va korxonalarda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini tizimli tarzda o‘tkazish vazifasi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosidan kelib chiqib, joriy yilning 21-fevral kunidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarida ishtirok etishlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlariga start berilgandi.

Sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, sport sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan maktab o‘quvchilari soni 1 million nafardan oshdi.

Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilardan joriy yilning mart oyida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ixtiyoriy talablar asosida sport sinovlarini qabul qilishga kirishiladi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, o‘tgan yili sport sinovlari tadbirlarida qatnashib, maxsus talablar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlikka erishgan maktab o‘quvchilarining 31 ming 789 nafari I, II va III darajali ko‘krak nishonlari hamda eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 ming 129 nafar yosh esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA