Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugundan xalqaro yo‘nalishlardagi avtobuslar qatnovi qayta tiklanadi
09:05 / 2023-01-19

O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, yurtimizda xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi avtobuslar qatnovi joriy yil 13 yanvardan vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.

Ob-havo sharoiti hamda harakat yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bugun — 19 yanvardan O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi.  

19 yanvar kuni "Toshkent" avtovokzalidan xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari ro‘yxati:

- 12:00 Toshkent-Moskva chipta narxi 1011000 so‘m;

-  16:00 Toshkent-Olmaota chipta narxi 200 000 so‘m;

-  16:00 Toshkent-Ostona chipta narxi 361 000 so‘m;

-  17:00 Toshkent-Turkiston chipta narxi 111 000 so‘m;

-18:00 Toshkent-Qizilo‘rda chipta narxi 161 000 so‘m;

-  18:00 Toshkent-Olmaota chipta narxi 200 000 so‘m;

-  18:00 Toshkent-Bishkek chipta narxi 261 000 so‘m.

O‘zA