Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugundan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?
14:20 / 2020-05-01

2020-yil 1-maydan boshlab qonunchilikda nimalar oʻzgarishi haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali maʼlumot berdi.


2020-yil 1-maydan boshlab qonunchilikda nimalar oʻzgarishi haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali maʼlumot berdi.

1. Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi.

Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.

2. Tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi.

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi davlat koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalarida hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi.

3. Hududlar dorivor oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtiriladi.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klasterlari tashkil etiladi, shuningdek, hududlar dorivor oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtiriladi.

4. Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.

5. Bogʻcha puli miqdorlari oʻzgaradi.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari oʻzgaradi.

6. Boʻstonliqda turar joyni ijaraga berganlik uchun alohida soliq tartibi joriy etiladi.

2020-yil 1-maydan boshlab, 2021-yil 1-maygacha Boʻstonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish obyektlarini hisobga olish va soliq maʼmuriyatchiligining alohida tartibi joriy etiladi.

Tajriba davrida jismoniy shaxslar tomonidan dam olish uylari, dala hovli, yakka tartibdagi uy-joylar va yashash uchun moʻljallangan boshqa turar joylar, shuningdek, ayrim mol-mulk turlari soliq organlarining tayanch punktlari tomonidan soliq solish obyektlarining hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi bepul beriladigan guvohnoma asosida ijaraga beriladi.

7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktori mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha OTM rektoriga, direktor maslahatchisi va direktor oʻrinbosarlari — OTM prorektoriga, boshqarma va boʻlim boshliqlari — fakultet dekaniga, bosh mutaxassis — katta oʻqituvchiga, yetakchi mutaxassis — oʻqituvchiga tenglashtiriladi.

8. Davlat qurilish nazoratining yangi tartibi joriy etiladi.

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan obyektlardan foydalanishga ruxsat berish tartibini joriy qilgan holda, moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar xavf-xatar toifasi past obyektlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha mavjud tartib-taomillar bekor qilinadi.