Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugundan "metan zapravka"lar faqat soat 06:00 dan 12:00 gacha ishlaydi
11:48 / 2023-12-12

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugundan AGTKSHlar ish vaqtiga o‘zgartirishlar kiritilib, soat 06:00 dan 12:00 gacha etib belgilandi.

Qayd etilishicha, ushbu choralar vaqtinchalik bo‘lib, havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qo‘llaniladi. "O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 14-15 dekabrda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi.  

Shuningdek, soha vakillarining ta’kidlashicha, tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarur. To‘lovlarni tuman gaz ta’minoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.  

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, joriy yil 7 – 16 dekabr kunlari oralig‘ida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida "metan zapravka"larning ish vaqti soat 6:00 dan 15:00 ga qadar qilib belgilangan edi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA